
- 0
- 14.07.2026 11:46:00
- 1 daq o'qish
Muammo telefonning o‘zida emas. Issiq havo telefonning protsessori va batareyasini ko‘proq ishlashga majbur qiladi.
Shu sabab telefon o‘zini himoya qilish uchun tezligini pasaytiradi. Natijada ilovalar sekin ochiladi, kamera vaqtincha ishlamasligi mumkin va batareya odatdagidan tezroq tugaydi.
Nima qilish kerak?
☀️ Telefongizni quyosh ostida qoldirmang.
🚗 Mashinangiz ichida unutib ketmang.
🔌 Telefon qizib ketgan bo‘lsa, darrov quvvatga ulamang.
Shu oddiy odatlarga amal qilsangiz, telefoningiz uzoqroq va yaxshiroq ishlaydi.
Siz ham issiq kunlarda telefoningiz sekinlashganini sezganmisiz?