O‘zbekistondagi seryog‘in yoz ortida nima bor?

O‘zbekistondagi seryog‘in yoz ortida nima bor?
  • 0
  • 06.07.2026 13:19:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda yozning odatdagidan salqin va seryog‘in kelayotgani ijtimoiy tarmoqlarda turli xil fikrlarni uyg‘otdi. Ayrim foydalanuvchilar bunga Eron tomonidan BAAdagi sun’iy yomg‘ir chaqirish markazlariga zarba berilgani sabab bo‘lmoqda desa, boshqalar AQSHning HAARP loyihasi faoliyati bilan bog‘liq taxminlarni ilgari surmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, bu da’volar ilmiy asosga ega emas. Uning ta’kidlashicha, sun’iy yomg‘ir texnologiyasi faqat mavjud bulutlarga mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ammo u butun mintaqa iqlimini o‘zgartira olmaydi yoki qo‘shni davlatlardan yog‘ingarchilikni “tortib ololmaydi”. Shuningdek, HAARP ham ob-havoni boshqarishga qodir emas, u ionosferani o‘rganishga mo‘ljallangan ilmiy majmua hisoblanadi.

Mutaxassisning aytishicha, bu yilgi nam mavsum tabiiy atmosfera jarayonlari, okean va havo oqimlaridagi o‘zgarishlar bilan izohlanadi. Qurg‘oqchilikning asosiy sabablari esa, iqlim o‘zgarishi, haroratning oshishi, bug‘lanishning kuchayishi hamda suv resurslaridan samarasiz foydalanish bilan bog‘liq.
Abdulahatovning fikricha, hozirda asosiy e’tibor suvni tejash, qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va suv xavfsizligini ta’minlashga qaratilishi lozim.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News