
- 16
- 01.03.2023 11:25:00
Doping nima?
Doping sportda tez-tez uchraydigan, ammo professional sportchilar uchun qat’iyan ta’qiqlanadigan, organizmning ruhiy va jismoniy faoliyatini qisqa muddatga kuchaytiradigan moddalar hisoblanadi.
Doping so‘zi inglizcha “dope” so‘zidan olingan bo‘lib, “narkotiklar bermoq” degan ma’noni anglatadi.
Bir paytlar doping moddalaridan sport o‘yinlari natijalarini yaxshilash maqsadida foydalanilgan. Sportchilar orasida doping moddalaridan zaharlanish va o‘lim holatlari kuzatilganligi uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 1967-yildan sport o‘yinlari chog‘ida doping qabul qilishni man etgan va qat’iy nazorat o‘rnatgan.
Hozirda doping ishlatgan sportchilar hatto bir necha yilgacha musobaqalardan chetlashtiriladi.





