• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“G‘azoni sotib olmaymiz, unga ega chiqamiz” — Tramp

“G‘azoni sotib olmaymiz, unga ega chiqamiz” — Tramp
  • 5
  • 14.02.2025 10:37:00

“G‘azoni sotib olmaymiz, unga ega chiqamiz” — Tramp

Tramp 11-fevral kuni Oq uyda Iordaniya qiroli Abdulla bilan uchrashib, G‘azo sektoridan falastinliklarni ko‘chirish va G‘azoni Amerika nazorati ostiga olish haqida aytdi. “Biz uni sotib olmaymiz, chunki sotib oladigan narsaning o‘zi yo‘q. Biz unga ega chiqamiz va qadrlaymiz” – dedi Tramp. Shuningdek, u G‘azoni “mintaqa javhari”ga aylantirilishini ta’kidladi. 
Tramp, agar Iordaniya va Misr falastinliklarni G‘azo sektoridan ko‘chirishni qabul qilmasa, ularga yordamni to‘xtatishi mumkinligini bildirgan. Iordaniyada allaqachon millionlab g‘azolik yashaydi. Qirol Abdulla uchrashuvdan so‘ng uning mamlakati “falastinliklar ko‘chirilishiga qarshi qat’iy pozitsiyada ekani”ni bildirdi. Misr ham sektordan falastinliklar olib chiqilishi g‘oyasini keskin rad etgan.
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News