• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Isroil va HAMAS mojarolarida 88 nafar BMT xodimi halok bo‘ldi

Isroil va HAMAS mojarolarida 88 nafar BMT xodimi halok bo‘ldi
  • 3
  • 06.11.2023 11:45:00

Isroil va HAMAS mojarolarida 88 nafar BMT xodimi halok bo‘ldi

Isroil va HAMAS mojarolarida 88 nafar BMT xodimi halok bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich BMT tashkil etilganidan buyon tarixdagi eng katta yoqotish hisoblanadi. BMT xodimlari falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish chog‘ida hamda G‘azoga gumanitar yordamlar yetkazish chog‘ida qurbon bo‘lishgan. BMT bu haqda o‘z bayonotida quyidagicha izoh berdi: “7-oktyabrdan beri ko‘plab gumanitar yo‘nalishda xizmat ko‘rsatayotgan ishchilar halok bo‘ldi, ular orasida agentlikning 88 nafar xodimi ham bor. Bu BMT tarixida bitta mojaro doirasida kuzatilgan eng katta yo‘qotish. Biz tomonlarni yana bir bor xalqaro gumanitar huquq doirasida zimmasiga olingan majburiyatlarga va inson huquqlari sohasidagi normalarga rioya qilishga chaqiramiz”. Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS o‘rtasidagi jangovar harakatlar oqibatida 1,4 ming kishi halok bo‘lgan, 5,4 ming odam yaralangan. G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi esa 9,5 ming kishi halok bo‘lgani, 24,2 ming kishi jarohat olganini ma’lum qildi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News