• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Pechda karam do‘lmasi pishiramiz🤗

Pechda karam do‘lmasi pishiramiz🤗
  • 1
  • 18.05.2026 15:34:00

Pechda karam do‘lmasi pishiramiz🤗

Masalliqlar:
3 kg karam
2 stakan guruch
300 gr mol go‘shti qiymasi
2 dona piyoz
5 dona sarimsoq
biroz petrushka
1,5 osh qoshiq tomat
1 osh qoshiq qalampir pastasi
1 stakan zaytun yoki o‘simlik yog‘i
1 choy qoshiq qora murch
yarim choy qoshiq achchiq qalampir
1 choy qoshiq maydalangan yalpiz
1 choy qoshiq zira

Sousi uchun:
1 to‘la osh qoshiq tomat
1 osh qoshiq sariyog‘
550 ml suv
tuz va qora murch

Tayyorlanishi:
Birinchi karam do‘lmaning qiymasi tayyorlanadi. Qiymaga kerak bo‘ladigan barcha masalliqlar maydalab to‘g‘ralib, idishga solinadi va yaxshilab aralashtirib olinadi. Karamni o‘zak qismi pichoq yordamida olinib, barglarini ehtiyotkorlik bilan ajratib olinadi. Yoki, karamni butun holda katta qozondagi qaynayotgan suvga solib, barglari biroz yumshagach ajratib olish ham mumkin. Yumshagan karam barglari ichiga qiymadan yetarlicha solinib, rulon shaklida o‘rab chiqiladi.
So‘ng, katta patnisga karam do‘lmalari dumaloq shaklda joylashtirib chiqiladi. Sousi uchun tovaga sariyog‘ va tomat solinib, biroz qovuriladi. Keyin suv, qora murch va tuz qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan sous do‘lmalar ustida quyiladi va usti
namlangan pergament qog‘oz bilan yopilib, oldindan 190–200°C da qizdirilgan pechda 40 daqiqa pishiriladi. Keyin, qog‘oz olib tashlanib, yana 10 daqiqa pechda qizartirib olinadi. Karam do‘lmalarimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha🍽🍷😋

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News