• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Vrap

Vrap
  • 3
  • 23.05.2023 18:15:00

Vrap

🤓 Tez tayyor bo‘ladigan taomlar retsepti bilan tanishishni xohlaysizmi?

Tez va mazali Vrap retseptini “Lazzat dunyosi” oshxonasi sizlarga taqdim etadi!
Retseptni sinab ko‘rsangiz, biz bilan baham ko‘rishni unutmang 🥰 Retseptimiz sizga yoqqan bo‘lsa, izohlarda yozib qoldiring 👇🏼

🥩 Masalliqlar:

500 gr go‘sht
2 dona kichik lavash xamiri
1 ta dungan qalampiri
1 ta qizil bulg‘or qalampiri
1 ta sariq bulg‘or qalampiri
1 ta piyoz
200 gr qo‘ziqorin
3 osh qoshiq makkajo‘xori
1 choy qoshiq yog‘
Cheddar pishlog‘i
Ta’bga ko‘ra maydalangan qizil qalampir, murch va tuz

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:
- Masalliqlarni somoncha shaklida to‘g‘rab olamiz.
- Qizdirilgan tovaga go‘shtni solib qovuramiz.
- Keyin to‘g‘ralgan qo‘ziqorin, dungan qalampiri, piyoz va bulg‘or qalampiri qo‘shib qovurishda davom eting.
- Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlardan solish ham esdan chiqmasin.

- Biroz sovigandan so‘ng kichik lavash xamiriga tayyor massamizdan solib, ustiga makkajo‘xo‘ridan solamiz va cheddar pishlog‘i qo‘shib o‘raymiz.

- Qizdirilgan tovada vraplarimizni ozgina qizartirib olamiz.

Vraplarimiz tayyor, issiq holda dasturxonga tortishingiz mumkin🥰

Yoqimli ishtaha 🤤

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News