
- 0
- 14.05.2023 18:41:00
Turkiyada prezidentlik saylovlari yakunlandi
Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi.
Ayni damda ovozlarni sanash boshlandi. Turkiya va xorijda 64,1 milliondan ortiq saylovchi ovoz berdi.
Taxminan 4,9 million kishi birinchi marta ovoz berdi. Bu raqamlar barcha davrlardagi saylovlar uchun rekord sanaladi.
Asosiy kurash amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li o‘rtasida kechmoqda.
Manba: xabar.uz