
- 1
- 30.11.2024 14:59:00
Avtobus yo‘lagida qoida buzganlar 1 mln so‘mdan ortiq jarima to‘laydi
Parlament muhokamasida bo‘lgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini birinchi marta buzganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida, bir yil davomida bunday harakat takroran sodir etilgan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 875 ming so‘m) miqdorida jarima belgilanmoqda.
Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun Quyi palatada qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanishi va prezident tomonidan imzolanishi kerak.