Toshkentda itlarni kaltaklab, o‘ldirgan veterinarga 7 sutka qamoq jazosi berildi

Toshkentda itlarni kaltaklab, o‘ldirgan veterinarga 7 sutka qamoq jazosi berildi
  • 0
  • 04.07.2026 16:42:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrida to‘rtta itni tayoq bilan urib o‘ldirgan veterinar 7 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Unga yordam bergan ikki shaxs esa, 4 million 120 ming so‘mdan jarimaga tortildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, veterinardan vabo kasalligiga chalingan itlarni og‘riqsiz usulda “uxlatish” so‘ralgan. Biroq, Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda uch nafar shaxs itlarni tayoq bilan shafqatsizlarcha kaltaklayotgani aks etgan. Ekologiya va hayvonlarni himoya qilish jamiyati vakillari ham bu holatni tasdiqlagan. Shuningdek, hodisaga guvoh bo‘lgan qo‘shni ayol ham erkaklarni to‘xtatishga uringanini, ammo bunga hech kim e’tibor bermaganini aytgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News