Toshkent metrosida 4 ta bekatning vestibyullari qayta ishga tushadi

Toshkent metrosida 4 ta bekatning vestibyullari qayta ishga tushadi
  • 0
  • 10.12.2025 16:40:00
  • 1 daq o'qish

11-dekabrdan boshlab poytaxt metrosining ilgari yopiq bo‘lgan “O‘zbekiston”, “Mashinasozlar”, “Gʻafur Gʻulom”, “Milliy bog‘” bekatlaridagi vestibyullari qayta ochiladi. Avval bu bekatlarining bir tomon kirish qismi yo‘lovchilar oqimi kamligi sababli yopiq edi. Endi yo‘lovchi oqimining ortib borayotgani hamda aholining talab va istaklari bilan yana ishlay boshlaydi.
Mazkur bekatlar vestibyullarida texnik yangilash ishlari amalga oshirildi. Hozirda barcha jarayonlar yakunlanib, bekatlar zamonaviy texnik jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News