Luvr muzeyidan o‘g‘irlangan buyumlar qiymati 88 million yevro

Luvr muzeyidan o‘g‘irlangan buyumlar qiymati 88 million yevro
  • 0
  • 23.10.2025 12:58:00
  • 1 daq o'qish

Parijdagi Luvr muzeyidan o‘g‘irlangan fransuz imperatorlariga tegishli 9 ta qimmatbaho buyum 88 million yevroga baholandi. Ular orasida imperatritsa Yevgeniyaning minglab olmos va marvaridlar bilan bezatilgan tiarasi, broshi, sapfir sirg‘alari hamda Napoleon sovg‘a qilgan zumradli marjon ham bor. Prokuror Lor Beko jinoyatchilar o‘g‘irlangan taqinchoqlarni eritish orqali asl qiymatini qaytara olmasligini aytdi va buyumlar yo‘q qilinmasligiga umid bildirdi. O‘g‘rilik atigi 4 daqiqa ichida sodir etilgan. Jinoyatchilar muzey xodimlari kiyimida binoga kirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News