• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Uzum va anor suvli lukum

Uzum va anor suvli lukum
  • 2
  • 24.05.2023 12:50:00

Uzum va anor suvli lukum

“Lazzat dunyosi” oshxonasida bayramga tayyorgarlik boshlandi 🍬
Daftaringizga “Uzum va anor suvli lukum” retseptini yozib olishni unutmang 😍

🍇Masalliqlar:

Uzum va anor sharbati;
1 choy qoshiq shakar;
5 qoshiq kraxmal;
Yong‘oq, funduk yoki pista;
1 choy qoshiq sariyog‘;

🍚 Bezash uchun:

Kokos yong‘og‘i yoki shakar

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

- Uzum va anor sharbatini qozonga soling.
- Ustiga shakar va kraxmal qo‘shing.
- Quyuqlashguncha qaynating.
- So‘ngra olovni o‘chirib, sariyog‘ qo‘shing va aralashtiring.
- Idishni suvlab aralashmani soling. Ustini stretch plyonkasi bilan yoping.
- Muzlatgichda 2-3 soatga qoldiring. So‘ngra idishdan olib bo‘laklarga bo‘lib, kokosga belab oling.

Lukumlarimiz tayyor, bayram dasturxoningizga taqdim etishingiz mumkin😍

Yoqimli ishtaha 🤤

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News