O‘zJOKU rektori darsga kiritilmagan talabalar holatiga izoh berdi

O‘zJOKU rektori darsga kiritilmagan talabalar holatiga izoh berdi
  • 0
  • 18.02.2026 10:17:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 16-fevral kuni forma kiymagan va kech qolgan o‘nlab talabalar darsga kiritilmagani yuzasidan rektor Sherzodxon Qudratxo‘ja munosabat bildirdi.
Rektor bu masalaning ijtimoiy tarmoqlarga olib chiqilishini tanqid qilib, holatni ichki tartib-qoidalar doirasida hal etilishi lozimligini ta’kidladi. Uning aytishicha, ayrim talabalar o‘z aybini tan olish o‘rniga vaziyatni boshqacha talqin qilgan.
Universitet axborot xizmati ma’lum qilishicha, oliygohda kiyinish tartibi Odob-axloq kodeksida belgilangan. Talabalar har o‘quv yili boshida ichki nizomlarga, jumladan kiyinish qoidalariga rioya etish majburiyati ko‘rsatilgan shartnomani imzolaydi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Nazokat Abduqunduzova esa ayrim OTMlar moliyaviy va akademik mustaqillikka ega ekanini bildirib, talabalarni belgilangan ichki qoidalarga amal qilishga chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News