• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

O‘zbekistonliklar noma’lum sababga ko‘ra BAAga kiritilmadi

O‘zbekistonliklar noma’lum sababga ko‘ra BAAga kiritilmadi
  • 5
  • 02.12.2024 14:47:00

O‘zbekistonliklar noma’lum sababga ko‘ra BAAga kiritilmadi

30-noyabr kuni Toshkent-Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib borgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum sabablarga ko‘ra BAA hududiga kiritilmadi. Ular aeroportdan chiqarilmagan va bir sutkadan ortiq qolib ketgan. Ularning bir qismi Toshkentga qaytgan. O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi vaziyat nazoratda ekanini ma’lum qildi, biroq yo‘lovchilar diplomatik missiya vakillarini ko‘rmaganini va ularga hech qanday yordam ko‘rsatilmaganini aytgan. 
“Gazeta.uz”ga ko‘ra, 31 kishi orasidagi ayollar, bolalar va keksa yoshdagilar qo‘yib yuborilgan. 20 dan 40 yoshgacha bo‘lgan erkaklar ushlab qolingan. Ularning hech biriga bu kabi harakatlar nima sababdan amalga oshirilayotgani yuzasidan izoh berilmagan. Wizz Air vakili kiritilmagan fuqarolarning barchasiga qaytish chiptasi qilinib, O‘zbekistonga olib kelinyotganini ma’lum qildi.
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News