
- 3
- 19.09.2024 14:30:00
O‘zbekiston Isroil qo‘shini Falastindan chiqib ketishiga ovoz berdi
Birlashgam millatlar tashkiloti Isroildan Falastinning bosib olingan hududlaridan kuchlarini olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Falastin davlati tomonidan o‘nlab boshqa davlatlar bilan birgalikda taklif etilgan rezolyutsiya uchun 124 ta delegatsiya ovoz berdi. Ular orasida O’zbekiston ham bor. 43 ta davlat betaraf qoldi, 14 tasi esa qarshi chiqdi.
Isroil esa rezolyutsiyani qat’iyan rad etib, “Falastin muxtoriyatining diplomatik terrorizmini qo‘llab-quvvatlovchi sharmandali qaror” deb atadi.