• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

O‘zbekiston Tojikistondan yana elektr ola boshladi

O‘zbekiston Tojikistondan yana elektr ola boshladi
  • 3
  • 18.05.2023 15:16:00

O‘zbekiston Tojikistondan yana elektr ola boshladi

Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy import amaliyoti boshlandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yozgi melioratsiya davrida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish amaliyoti 2018 yildan buyon mavjud bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatimiz suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan, 2023 yil 12 may kuni respublikamizda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlanish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va «Barki Tochik» kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentyabr oylarida elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deyiladi xabarda.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News