O‘zbekiston Rossiyaga nota yubordi

O‘zbekiston Rossiyaga nota yubordi
  • 0
  • 04.09.2025 07:48:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvada o‘zbekistonlik migrantni haqorat qilgan shaxs bo‘yicha Rossiya TIVga nota yo‘lladi. Vazirlik voqea yuzasidan rasman choralar ko‘rilishini talab qildi. 
Shuningdek, TIV fuqarolarga murojaat qilib, ular xorijda huquqlari buzilganda darhol mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari lozimligini eslatdi.

Avvalroq, o‘zbekistonlik migrantni “sen ruslarning qulisan” deya haqoratlangani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News