• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

O‘zbekiston Turkiyaga 170 tonna gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston Turkiyaga 170 tonna gumanitar yordam yubordi
  • 0
  • 14.02.2023 14:04:00

O‘zbekiston Turkiyaga 170 tonna gumanitar yordam yubordi

“Anadolu” xabar berishicha, O‘zbekiston Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududlariga hozirgacha 170 tonna insonparvarlik yuki jo‘natgan. Aksiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Yoshlar kelajagi” jamg‘armasi, O‘zbek-turk ishbilarmonlar uyushmasi, Tashqi iqtisodiy aloqa kengashi hamkorligida tashkil etilgan.

Ma’lum qilinishicha, 45 tonna dori-darmon va tibbiy buyum, 8 tonna oziq-ovqat, 90 tonna kiyim-kechak, poyabzal, ko‘rpa-to‘shak, gigiyena vositalari, 130 generatordan iborat ashyolar, shuningdek 700 dona elektr isitgich va boshqa zarur buyumlar 6 ta yuk samolyoti va 7 ta yuk mashinasida Turkiyaning turli mintaqalariga yetkazildi. Moliyaviy manba shaklida yordam yig‘ish ham davom etmoqda.

Istanbuldagi O‘zbekiston madaniyat, tadqiqot va birdamlik uyushmasi ko‘ngillilari va yurtimizdan borgan 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi ofat zonasida ishlayapti. Dala shifoxonalarida 71 nafar shifokorimiz jabrlanganlarni davolamoqda.

Manba: UzA

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News