
- 3
- 22.06.2026 12:46:00
- 1 daq o'qish
Qashqadaryo viloyatida yashagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro‘ziboy Sattorov 116 yoshida vafot etdi.
U 1941-yilda frontga jo‘nab, Stalingrad janglarida o‘qchi sifatida xizmat qilgan va 1945-yilda urushdan sog‘-salomat qaytgan. Ro‘ziboy ota O‘zbekistondagi eng keksa urush faxriysi sifatida tanilgan edi.
2025-yilda u 115 yoshini qarshi olgan, shuningdek, prezident topshirig‘i bilan Harbiy havo kuchlari samolyotida parvoz qilish orzusini ham ro‘yobga chiqargan edi.
Ro‘ziboy Sattorov ortida 5 nafar farzand, 58 nafar nabira, 42 nafar chevara va 8 nafar evara qoldirdi.