
- 0
- 06.03.2026 13:05:00
- 1 daq o'qish
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5-mart kuni Toshkentda 10-mart — Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etib, mamlakat tarixda ilk bor O‘zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etilgani munosabati bilan barchani samimiy qutladi. Mirziyoyeva O‘zbekistonda qonun hamma uchun barobar ishlashi shartligini, ayollar va bolalarga qarshi zo‘ravonlikka mutlaqo murosa qilinmasligini ta’kidladi.
“Oʻzbekistonning istalgan hududidagi har bir qizaloq singillarimiz shuni bilishini xohlardim. Agar, Xudo koʻrsatmasin, boshiga kulfat tushsa, qonun undan yuz oʻgirmaydi. Har bir ayol shuni bilsinki, uni jimgina zulmga chidashga hech kim majbur qila olmaydi. Har bir bola xabardor boʻlsin. Davlat uni himoya qilishga majbur”, dedi Mirziyoyeva.
Tadbirda ayol sudyalar va faxriylar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.