
- 11
- 04.11.2025 15:43:00
O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi imkoniyatlari
Ispaniyaning nufuzli ESPN nashri 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishi kutilayotgan 87 ta terma jamoaning imkoniyatlarini tahlil qildi. Baholash mezonlari sifatida jamoalarning so‘nggi natijalari, tarkibidagi futbolchilarning transfer qiymati va jamoaviy salohiyat inobatga olingan.
🏆 Reyting natijalariga ko‘ra:
-
1-o‘rinda Didye Desham boshchiligidagi Fransiya joylashgan. Mutaxassislar ularni musobaqaning asosiy favoriti deb hisoblamoqda.
-
Kuchli uchlikni Ispaniya va Angliya yakunlagan.
-
Kannavaro boshchiligidagi “Oq bo‘rilar” esa 53-o‘rinda.
O‘zbekiston esa Osiyo qit’asida yuqori o‘rinlarni egallagan mamlakatlar bilan bir qatorda 53-o‘rinni band etgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, saralash bosqichidan o‘tish imkoniyati yuqori, lekin musobaqada yuqori pog‘onaga chiqish uchun kuchli jamoalarga qarshi kurashish talab etiladi.
Osiyo qit’asi vakillari orasida eng yuqori o‘rinlar:
-
Yaponiya — 25
-
Janubiy Koreya — 42
-
Avstraliya — 45
-
Eron — 48
-
O‘zbekiston — 53
-
BAA — 60
-
Iordaniya — 61
-
Saudiya Arabistoni — 62
-
Qatar — 73





