
- 1
- 01.05.2023 10:32:00
⚡️ O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar OChda 48 ta medallarni qo‘lga kiritdi
Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha U18, U23 yosh toifalari hamda parakanoe yoʻnalishida Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Qitʼamizning 11 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar oʻrtasidagi bellashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Hamyurtlarimiz mazkur yoʻnalishda 26 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.