🎞O‘zbekiston vakillari 76-Kann festivalida ishtirok etmoqda

🎞O‘zbekiston vakillari 76-Kann festivalida ishtirok etmoqda
  • 2
  • 16.05.2023 15:42:00
  • 1 daq o'qish

Bugun Fransiyada nufuzli 76-Kann xalqaro kinofestivali oʼz ishini boshladi. Ushbu festivalda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi“ direktori Furqat Usmonov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda va u yerda maxsusu pavilion qurilib O’zbekiston bayrogini ko’tarildi.

27-maygacha davom etadigan kinofestival doirasida oʼzbek delegatsiyasi vakillari dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan xalqaro kinokompaniyalar, telekanallar, prodyuserlar, kinematografiya va turizm tashkilotlari, internet striming resurslari vakillari bilan birgalikda qator muzokaralar oʼtkazish hamda memorandumlar imzolashni rejalashtirmoqda.

❗️Bu festival o‘zbek kino olamiga qanday yangiliklar olib keladi deb o‘ylaysiz?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News