- 6
- 18.03.2023 22:27:00
O‘zbekiston Osiyo Chempioni!
Bugun, 18-mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati finali bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida 34 ming muxlislar qarshisida kechgan hal qiluvchi bellashuvda mezbon – O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Iroqqa qarshi maydonga tushdi va tarixiy g‘alabaga erishdi.
O‘zbekiston jamoalari shu vaqtga qadar atigi ikki marta (U-16 va U-23 jamoalari bilangina) qit’ada chempion bo‘la olgan edi. Bugungi g‘alaba terma jamoalarimizning xalqaro miqyosdagi uchinchi rasmiy chempionligi bo‘ldi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov esa O‘zbekiston jamoalarini ikkinchi marotaba final sari yetaklagan va chempion qilgan yagona murabbiyga aylanmoqda.
🇺🇿 O'ZBEKISTON 1:0 Iroq 🇮🇶
Yoshlarimizning tarixiy chempionligi barchaga muborak bo‘lsin!





