O‘zbekistonda kuchli zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarga izoh berildi

O‘zbekistonda kuchli zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarga izoh berildi
  • 0
  • 17.07.2026 10:48:00
  • 1 daq o'qish

BMT zilzilalarni tabiiy ofatlar ichidagi eng halokatlisi deya baholab, Markaziy Osiyo davlatlarini ularga tayyor turishga chaqirgani, shuningdek, O‘zbekistonning ayrim hududlari, ayniqsa Farg‘ona vodiysi seysmik xavfi yuqori bo‘lgan hududlar qatoriga kiritilgani haqidagi xabarlar ortidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti izoh berdi.

Institut laboratoriya mudiri Ulfat Nurmatovning aytishicha, O‘zbekiston seysmik faol hudud hisoblanadi va bu yerda yuz berishi mumkin bo‘lgan zilzilalar ilmiy jihatdan chuqur o‘rganilgan. Respublika hududi uchun seysmik xavf xaritalari ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha bino va inshootlar aynan shu me'yorlar asosida quriladi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, Farg‘ona vodiysida mavjud yer yoriqlari maksimal seysmik salohiyatini namoyon qilgan taqdirda ham silkinish asosan 8 ballgacha, Andijonning ayrim hududlarida esa 9 ballgacha yetishi mumkin. Shuningdek, keyingi 50 yil ichida 8 balldan kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli atigi 5 foizni tashkil etadi.
Shu bois mutaxassislar aholini asossiz xabarlarga ishonmaslik va vahimaga tushmaslikka chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News