- 4
- 25.03.2023 14:58:00
O‘zbekiston Boliviyani mag‘lub etdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonidagi yig‘in doirasida Boliviyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va Eldor Shomurodovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.
Eʼtiborlisi, Eldor milliy jamoadagi gollarini 34 taga yetkazib, Maksim Shatskixning rekordini takrorladi.
Srechko Katanes shogirdlari yig‘in doirasida 28-mart kuni Janubiy Amerikaning yana bir vakili — Venesuelaga qarshi o‘ynaydi.





