O‘zbekiston G‘azoni qayta tiklashga hissa qo‘shadi

O‘zbekiston G‘azoni qayta tiklashga hissa qo‘shadi
  • 1
  • 20.02.2026 10:32:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda o‘tgan Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida nutq so‘zladi. Davlat rahbari O‘zbekiston Tinchlik kengashini tuzish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini hamda uning faoliyatida amaliy ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi. U kengash ishi G‘azo sektorini iqtisodiy va ijtimoiy tiklash uchun qulay sharoit yaratishiga ishonch bildirdi. Prezident O‘zbekiston G‘azoni qayta tiklash jarayoniga hissa qo‘shishga tayyorligini ma’lum qilib, hududda turar joylar, bolalar bog‘chalari, maktablar va shifoxonalar qurilishida ishtirok etish mumkinligini qayd etdi.
Yig‘ilishda G‘azoni tiklash, gumanitar yordam ko‘rsatish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida Tinchlik kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News