• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

O‘zbekiston va Pokiston harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Pokiston harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qiladi
  • 4
  • 23.06.2023 15:03:00

O‘zbekiston va Pokiston harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qiladi

Senatning bugungi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonuni muhokama qilindi.

Senatorlarning ta’kidlashicha, Bitimning asosiy maqsadi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyili asosida ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlikni yana-da rivojlantirish hisoblanadi.

Yalpi majlisda ratifikatsiya qilish uchun taqdim etilgan Bitimning ahamiyatini yuqori baholandi va O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy sohadagi hamkorlik ikki davlat qurolli kuchlarining mudofaa salohiyatini yana-da oshirish va mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlandi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Manba: Xabar.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News