
- 5
- 03.09.2026 12:58:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston 2030-yilgacha kambag‘allikka to‘liq barham berishni maqsad qilgan. Bu haqda Bandlik vazirligi vakili Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, mamlakatda kambag‘allik darajasini 2030-yilgacha ikki baravar qisqartirish maqsadiga 2025-yilning o‘zida erishilgan. Endi asosiy vazifa — kambag‘allikni butunlay tugatish.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizgacha kamaygan.
Shuningdek, so‘nggi to‘rt yilda 1 millionta mikroloyiha ishga tushirilib, 1,8 millionta ish o‘rni yaratilgan. 700 ming tadbirkor barqaror biznesga ega bo‘lgan.