• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Dunyoning “100 ayoli” ro‘yxatiga kirgan o‘zbek ayoli

Dunyoning “100 ayoli” ro‘yxatiga kirgan o‘zbek ayoli
  • 3
  • 03.12.2024 12:48:00

Dunyoning “100 ayoli” ro‘yxatiga kirgan o‘zbek ayoli

BBC 2024-yil uchun dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va taʼsirli ayollar roʻyxatini eʼlon qildi. 
Ular orasida tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun va oʻzbekistonlik tadbirkor Dilorom Yoʻldosheva bor. 
Dilorom Yoʻldosheva ikki yil avval baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyogʻini yoʻqotishiga qaramay, umidsizlikka tushmasdan, oʻzining tikuvchilik biznesini ochgan. U ishchilar va maktab oʻquvchilari uchun kiyim tikish boʻyicha shartnomalar tuzib, oʻzi va oʻnlab boshqa ayollarni daromad bilan taʼminlagan. 
BBC’ning “100 ayol” loyihasi har yili dunyo bo‘ylab ishi va hayoti ilhomlantiradigan 100 nafar ayolning nomlarini e’lon qiladi. Nomzodlar loyihaning yil mavzusiga mosligi bo‘yicha baholanadi. Bu yilning asosiy tushunchasi sifatida “bardoshlilik” so‘zi tanlangan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News