• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Isroilda tahsil olayotgan o‘zbek talabalar O‘zbekistonga qaytarildi

Isroilda tahsil olayotgan o‘zbek talabalar O‘zbekistonga qaytarildi
  • 1
  • 16.10.2023 07:36:00

Isroilda tahsil olayotgan o‘zbek talabalar O‘zbekistonga qaytarildi

15-oktyabr kuni Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Toshkentga uchib ketdi. 
Tel-Aviv janubidagi Xolon shahrida joylashgan institut bilan talabalarning O‘zbekistonda o‘qishini onlayn formatda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Elchixona talabalarni vatanga jo‘natishda Xolon texnologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, shuningdek, Uzbekistan Airways vakolatxonasining yordamini ta’kidladi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News