
- 1
- 02.05.2025 15:32:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Senati elektron sigaretalar va nikotin yetkazib berish qurilmalarining muomalasini taqiqlashga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Qonunga ko‘ra, tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalarni noqonuniy ishlab chiqarish, saqlash, olib kirish yoki sotish uchun 75 mln so‘mgacha jarima belgilanadi. Agar huquqbuzarlik yana takrorlansa, jarima miqdori 225 mln so‘mgacha ko‘tariladi. Og‘ir holatlarda esa 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm etiladi. Bu choralar, yoshlar va o‘smirlar orasida elektron sigaretalarga qiziqishning ortayotganini inobatga olgan holda qabul qilindi.