O‘zbekistonlik olimlar havo va suvni tozalovchi material yaratdi

 O‘zbekistonlik olimlar havo va suvni tozalovchi material yaratdi
  • 0
  • 17.03.2026 12:53:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari havodagi zararli gazlar va suvdagi og‘ir metallarni tozalashga qodir gibrid aerogel ishlab chiqdi.
Nanosellyuloza asosida yaratilgan ushbu ekologik toza material maxsus tuzilmasi tufayli karbonat angidrid (CO₂) gazini ushlab qoladi hamda suvdagi zararli moddalarni o‘ziga singdiradi.
Mutaxassislarga ko‘ra, aerogel qurilishda issiqlik va tovush izolyatsiyasi sifatida ham qo‘llanishi mumkin. U juda yengil bo‘lishiga qaramay mustahkam va yuqori haroratga chidamli.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News