• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi
  • 2
  • 17.02.2023 08:06:00

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi

havkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari o‘zaro savdoni ko‘paytirish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, qo‘shma Loyihalar ofisi doirasida ustuvor tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shu ma’noda “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi va O‘zbekiston—Rossiya hududlar forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi. Ikki davlat yetakchilari madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News