Turkiyada daryoga cho‘milishga borgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Turkiyada daryoga cho‘milishga borgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
  • 0
  • 03.07.2026 18:28:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Mug‘la shahrida daryoga cho‘kib ketgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi.
Ma’lum qilinishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik yigit Seydikemer tumanidagi daryoga cho‘milish uchun borgan. Uzoq vaqt uyga qaytmaganidan xavotirga tushgan otasi daryo bo‘yiga borib, o‘g‘lining kiyimlarini topgan va 112 shoshilinch yordam xizmatiga murojaat qilgan.
Hodisa joyiga qutqaruv va qidiruv guruhlari, jumladan, g‘avvoslar jalb etilgan. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida yigitning jasadi daryodan topilgan. Shundan so‘ng jasad autopsiya uchun morgga olib ketilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News