
- 6
- 16.10.2025 13:23:00
- 1 daq o'qish
Oksford universitetida Buyuk Britaniyada ilk bor o‘zbekshunoslik dasturi ishga tushirildi. Endilikda Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakultetida zamonaviy o‘zbek tili, qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tili, shuningdek, O‘zbekiston tarixi va madaniyati o‘qitiladi.
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zamonaviy O‘zbekiston fan, texnologiya, taraqqiyot va xalqaro muloqotga ochiqligini ta’kidladi.
Ta’limni rivojlantirish va ayollar huquqlarini kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun Mirziyoyeva Oksford universiteti mukofoti bilan taqdirlandi.
Tadbirda ser Tim Xitchens, lord Malkolm Bryus, professor Nikolay Sinay va Oksford meri Luiz Apton ishtirok etdi. Marosim yakunida universitet bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.