
- 0
- 10.08.2026 18:58:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘iston o‘zbekistonlik bloger Mahmud Hikmatovni xalqaro qidiruvga e’lon qildi. U ijtimoiy tarmoqlarda “Maxa.dxb” nomi bilan tanilgan. 2000-yilda tug‘ilgan Hikmatov noqonuniy internet-kazinolarni reklama qilishda gumon qilinmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Qozog‘istondagi qimor platformalarini targ‘ib qilish uchun blogerlarni jalb etgan.
Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Hikmatov 35 dan ortiq blogerni noqonuniy reklama sxemasiga jalb qilgan. U blogerlarning auditoriyasi, obunachilar geografiyasi va reklama narxlari haqida ma’lumot to‘plagan. Hikmatovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Qozog‘iston tomoni uning qayerdaligi haqida ma’lumot bergan shaxsga mukofot va anonimlik va’da qilgan.