
- 6
- 03.11.2023 08:37:00
UzAuto Motors Chevrolet dilerlik markazlarida avtomobillar sotuvi boshlanganini e’lon qildi
Xabar qilinishicha kompaniya o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasida amalga oshirgan tizimli sa’y-harakatlari natijasida, oyiga 40 000 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichga erishdi. Bu o’z navbatida, kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirdi.
Bugun sotib olinishi mumkin bo‘lgan Chevrolet avtomobil modellari
Damas и Labo
• Cobalt
• Onix
• Tracker
• Captiva – YANGI!
• Malibu
• Equinox
• Traverse
• Tahoe
“Shartnoma olishda Chevrolet dilerlik markazlarida yuzaga keladigan navbatlar va noqulayliklardan holi bo’lishni istasangiz, onlayn -servis xizmatlardan foydalanishingizni va faqat rasmiy ma'lumotlarga tayanishingizni tavsiya qilamiz” — deydi kompaniya.
- Mobil ilova - UzAutoSavdo (iOS/Android)
- Telegram bot - UzAvtoSavdo_bot
- Sayt - savdo.uzavtosanoat.uz
Bu vaqtni tejab, ortiqcha kutishlardan qochish imkonini beruvchi eng tez va xavfsiz xizmat ko’rsatish usulidir.
O‘z tanlovingizni qiling va avtomobilingizni shu zahoti yoki qisqa muddatda olib keting.
UzAuto Motors barcha xaridorlariga brendga bo’lgan xayrixohliklari uchun o’z minnatdorchiligini izhor etadi. Yangi avtomobilingiz siz kutganingizdanda tezroq siz bilan birga bo‘lishi uchun bugunoq Chevrolet rasmiy dilerlik markazlariga tashrif buyuring va shartnoma tuzing.