- 3
- 09.03.2023 15:41:00
Useyn Bolt – yamaykalik yengil atletikachi, 6 karra Olimpiya va 11 karra jahon chempioni:
“Men har doim tez yugurardim – maktab musobaqalarida birinchi o‘rin doimo meniki edi. Ammo o‘z iqtidorimni ro‘yobga chiqarish menga Kingstondagi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng keldi – 200 metrga yugurishda 20,61 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib keldim. O‘shanda men atigi 15 yoshu 332 kunlik edim. 2010-yilgacha men bunday forumlar tarixidagi eng yosh chempion bo‘lganman. Ko‘pchilik mening iste‘dodimni tabiat sovg‘asi deb o‘ylaydi. Lekin men sizning hafsalangizni pir qilmoqchiman: hammaga ma’lum bo‘lgan Useyn Boltga aylanish uchun ko‘p mehnat qilishimga to‘g‘ri kelgan. Agar mashq qilmasam, 10 soniya vaqtim tugab qolishi mumkin edi. Sport zaliga e’tibor bermay, texnikani yaxshilamay, o‘zim uchun barcha rekordlarni qayta yozolmasdim. Yutuqlarning asl sababi kuchli mehnat va metin irodali bo‘lishda…”