
- 1
- 10.11.2025 10:31:00
- 1 daq o'qish
Tramp ma’muriyati sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan immigrantlarga viza berishni to‘xtatish bo‘yicha yangi ko‘rsatma e’lon qildi. Davlat departamenti elchixonalar va konsulliklarga yuborgan hujjatida yurak, nafas yo‘llari, saraton, diabet, ruhiy kasallik yoki ortiqcha vaznga ega shaxslar “iqtisodiy yuk” deb baholanishi mumkinligi va viza berishdan chetlatilishi aytilgan.
Yangi tartib asosan AQSHda doimiy yashashni istaganlarga nisbatan qo‘llanadi. Endi nomzodning sog‘ligi, moddiy imkoniyati va oilaviy holati batafsil o‘rganiladi. Mutaxassislar tibbiy malakaga ega bo‘lmagan viza xodimlariga bunday vakolat berilishini tanqid qilmoqda. Yangi qoida avvalgi tibbiy tekshiruv tizimini yanada qat’iylashtiradi.