AQSH va Isroilning Erondagi maktablarga zarbalari

AQSH va Isroilning Erondagi maktablarga zarbalari
  • 0
  • 07.03.2026 08:22:00
  • 1 daq o'qish

Erondagi yana bir maktabga zarba berilgani aks etgan video tarqaldi. AQSH va Isroil urushning ilk kunida Eronning Qazvin shahridagi o‘g‘il bolalar maktabi yaqiniga hujum qilgan. Oqibatda bir bola halok bo‘lgan. Shu kuni AQSH va Isroil Hormozgan viloyatining Minab shahridagi qizlar boshlang‘ich maktabiga ham zarba berib, 170 dan ortiq bolani o‘ldirgandi.
6-mart kuni Tehrondagi Shahid Hamadoniy maktabi nishonga olingani ham aytilmoqda.

AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumi 28-fevral kuni boshlangan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News