
- 4
- 30.09.2025 09:58:00
- 1 daq o'qish
AQSHda bo‘lib o‘tgan NASCAR poygasida g‘alati holat yuz berdi. Zeyn Smit boshqa mashina bilan to‘qnashib ketgach, uning avtomobili to‘siq devorining ustiga chiqib qoldi va bir muddat devor bo‘ylab harakatlandi. Shundan so‘ng, mashina yonboshlab, ag‘darilib tushdi.
Trassa xodimlari yo‘lda hosil bo‘lgan chuqurchani bartaraf etishga kirishishdi va NASCAR poygasi vaqtincha to‘xtatildi.
Zeyn Smit esa, o‘zi mashinadan chiqib, maydonni tark etdi.