
- 0
- 24.06.2026 13:40:00
- 1 daq o'qish
Kongo Demokratik Respublikasining Kvilu provinsiyasida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan kasallik tarqalib, kamida 14 kishining umriga zomin bo‘ldi. Ayrim manbalarga ko‘ra, qurbonlar soni 20 nafarga yaqinlashgan.
Kasallikning asosiy belgilari bosh og‘rig‘i, qayt qilish hamda qorin va tizzalardagi og‘riqlardan iborat. Eng xavotirlisi, dastlabki alomatlar paydo bo‘lganidan keyin bir sutka ichida o‘lim yuz berishi mumkin.
Vaziyat sabab mahalliy aholi qo‘shni hududlarga ko‘chib ketishni boshlagan. Mutasaddilar kasallik sababini aniqlash uchun hududga sanitariya va tibbiy guruhlar yuborishni so‘ramoqda. Hozircha kasallikning kelib chiqishi rasman aniqlanmagan.