Tavakkal Qodirovning 100 yilligi UNESCO tomonidan xalqaro miqyosda nishonlanadi

Tavakkal Qodirovning 100 yilligi UNESCO tomonidan xalqaro miqyosda nishonlanadi
  • 1
  • 17.12.2025 10:14:00
  • 1 daq o'qish

UNESCO tomonidan 2026–2027 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro‘yxatiga Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligi kiritildi.
O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan ushbu taklif Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston qo‘llab-quvvatlovi bilan Samarqand shahrida o‘tkazilgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ma’qullandi.

UNESCO qarori Tavakkal Qodirovning musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, ushbu sohalar orqali UNESCO maqsad-vazifalarini ilgari surishdagi xizmatlariga berilgan yuksak xalqaro bahodir.

Tavakkal Qodirov — o‘zbek qo‘shiqchilik san’atining yirik namoyondasi, betakror iste’dod sohibi edi. U 1926-yil 10-iyunda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda unga “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni berilgan. U ko‘p yillar Farg‘ona davlat filarmoniyasiga rahbarlik qilgan. Hofiz ijodi davomida yuzdan ziyod qo‘shiq yaratgan bo‘lib, ular o‘zbek san’atining oltin fondiga kirgan. U eron, hind, arman, ozarbayjon, uyg‘ur va arab tillarida ham qo‘shiqlar ijro etgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News