
- 1
- 22.01.2023 16:14:00
UNESCO Toshkent mahallalarini Butunjahon madaniy merosining Dastlabki ro‘yxatiga kiritdi
Toshkent mahallalari UNESCO tomonidan Butunjahon madaniy merosining Dastlabki ro‘yxatiga kiritildi.
Eski shahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qolish bo‘yicha dastlabki qadamlar 2019 yilda, Venetsiya arxitektura biyennalesida taqdim etilgan "Mahalla: shahar va qishloq hayoti" loyihasi ishlab chiqilganda amalga oshirilgan edi. Mahallalarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan eko-arxitekturani tiklash, zamonaviy shaharlarni ommaviy urbanizatsiyadan asrash, shuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qolish usuli sifatida eʼtirof etildi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi UNESCO bilan hamkorlikda yetakchi olim, mutaxassis, arxitektor va tadqiqotchilarni birlashtirdi.
Tabiiyki, ushbu hududda hech qanday investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga yo'l qo‘yilmaydi.
Bu - Toshkentning yuragi bo‘lgan qadimiy Zarqaynar ko‘chasi taqdiriga xech kim - jamoatchilik vakillari, faollar, jurnalist va blogerlar befarq emasligi natijasi. Shuningdek, mahallani asrab qolish loyihasini qo‘llab-quvvatlagan hamda uni Butunjahon tabiiy va madaniy merosi ro‘yxatiga kiritgan UNESCO tashkilotining e'tiboridir.