Ukraina Moskvaga hujum qildi

Ukraina Moskvaga hujum qildi
  • 1
  • 18.06.2026 14:26:00
  • 1 daq o'qish

18-iyunga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya poytaxti Moskva va Moskva viloyatiga yirik dronlar hujumini amalga oshirdi. Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari shahar tomon yo‘nalgan uchuvchisiz apparatlarni yo‘q qilishda davom etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tungi hujum vaqtida Moskva tomon uchgan qariyb 180 ta dron urib tushirilgan. Ayrim dronlar Moskva neftni qayta ishlash zavodi hududigacha yetib borgan.
Avvalroq, 16-iyun kuni Moskva neftni qayta ishlash zavodiga ham dronlar hujumi uyushtirilgani xabar qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba zavodning asosiy ishlab chiqarish qurilmalaridan biriga berilgan va korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News