UEFA PSJ’ni Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng 148 ming yevro jarimaga tortdi

UEFA PSJ’ni Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng 148 ming yevro jarimaga tortdi
  • 1
  • 01.08.2025 11:58:00
  • 1 daq o'qish

UEFA nazorat, etika va intizom organi 2025-yil 31-may kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi finalidan keyin PSJ klubiga 148 ming yevro miqdorida jarima qo‘lladi. Finalda parijliklar “Inter” ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Jarimaning asosiy sababi – PSJ muxlislarining uchrashuv yakunida futbol maydoniga tushib kelishi va feyerverk otgani bo‘ldi va bu holat klubga 100 ming yevro jarima solinishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, UEFA parijliklarga ikki yil sinov muddati bilan UEFA turnirlaridagi safar o‘yinlariga muxlislar uchun chiptalar sotishni shartli ravishda taqiqladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News