YECHL: O‘tish bosqichiga qur’a tashlandi

YECHL: O‘tish bosqichiga qur’a tashlandi
  • 5
  • 02.02.2026 14:11:00
  • 1 daq o'qish

Yevropa Chempionlar ligasining (YECHL) yangi formatidagi muhim bosqich — o‘tish (play-off) bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra 9–24-o‘rinlarni egallagan jamoalar jalb etildi.

Mazkur bosqichda jamoalar ikkitadan o‘yin (uyda va safarda) o‘tkazishadi. Juftliklar g‘oliblari musobaqaning keyingi bosqichi — nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. U yerda ularni umumiy bosqichda 1–8-o‘rinlarni egallagan eng kuchli jamoalar kutib turadi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, o‘tish bosqichida bir qator kuchli va qiziqarli to‘qnashuvlar yuzaga keldi. Yevropa grandlari o‘zaro bahs olib boradigan juftliklar futbol muxlislari e’tiborini allaqachon tortmoqda.

Qur’a natijalari:

  • “Borussiya” – “Atalanta”

  • “Olimpiakos” – “Bayyer”

  • “Yuventus” – “Galatasaroy”

  • “Atletiko” – “Bryugge”

  • PSJ – “Monako”

  • “Nyukasl” – “Qorabog‘”

  • “Real” – “Benfika”

  • “Inter” – “Budyo-Glimt”

Mutaxassislarning fikricha, bu bosqich YECHL tarixidagi eng keskin va oldindan aytib bo‘lmas bahslardan biriga aylanishi mumkin. Har bir jamoa nimchorak finalga chiqish uchun bor kuchini ishga solishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News