
- 6
- 27.10.2025 14:03:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Uchrashuvlarda strategik foydali qazilmalar, energetika, savdo va investitsiyalarni rivojlantirish hamda “C5+1” formatida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Toshkent va Samarqand shaharlarini aylanishib, O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va mehmondo‘stligiga yuqori baho berishdi.